Sport musobaqasi tashkil etildi.
Joriy yilning 30-yanvarь kuni Amudaryo tumani Ichki ishlar bo'limining k futbol maydonchasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-6099 sonli Farmoni asosida Amudaryo tumani Ichki ishlar bo'limi, tuman prokuraturasi va tuman Mudofaa bo'limi tashabbusi bilan Amudaryo tumani IIB provatsiya guruhida hisobda turuvchi yoshlar o'rtasida sportning “Mini futbol” turi bo'yicha musobaqa o'tkazildi. Probatsiya hisobidagi yoshlarni jamiyatda o'z o'rnini topishi, ularni sportga yo'naltirish maqsadida o'tkazilgan musobaqa yakunida g'oliblar aniqlanib ularga tashkilotchilar tomonidan “Faxriy yorliq” va sovg'alar topshirildi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.