10 Fevral 2023 yil 329

Sportning «Voleybol» turi bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi kubogi musobaqasining final o'yinlarining ochilish marosimi bo'lib o'tdi

Joriy yilning 10-15 fevral kunlari oralig‘ida sportning “Voleybol” turi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi kubogi musobaqasining final o‘yinlarining ochilish marosimi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Nukus «TEMURBEKLAR maktabi» harbiy-akademik litseyida bo‘lib o‘tdi
Saralash o‘yinlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yetti jamoalarini non tuz bilan kutib olishdi.
Undan so‘ng musobaqaning ochilish marosimini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari podpolkovnik G‘ulomjon Eshimbetov ochib berdi hamda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalaring Davlat madhiyalari ijro etildi. Vazir o‘rinbosari kelgan barcha jamoalariga omadlar tiladi.
Tadbirning ekinchi bo‘limida musobaqaga kelgan jamollarga va yig‘ilganlarga ko‘rgazmali chiqishlar hamda Madaniyat vazirligi xonandalarining kuy va raqslari ijro etildi.
Musobaqada o‘rinlarda saralash bosqichlarida g‘olib bo‘lgan kelgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, Surxondaryo viloyati IIB, Navoiy viloyati IIB, Jazoni ijro etish departamenti, O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, Toshkent shahar IIBB, Andijon viloyati IIB hamda O‘zbekiston Respublikasi IIV Qorovul qo‘shinlari bosh boshqarmasi jamoalari o‘z ora ko‘ch sinashadigan bo‘ldi.
Musobaqani mezbonlik qilayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV saylandi jamoasi O‘zbekiston Respublikasi Qorovul qo‘shinlari komandasi bilan o‘yinni boshlab, O‘zbekiston Respublikasi IIV Qorovul qo‘shinlari komandasini 2:0 hisobda yengishga sazovor bo‘ldi.
Musobaqa bo‘yicha batafsil maʼlumot berib boriladi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

 

Text to speech