10 Iyun 2025 yil
213
Qidiruvda bo‘lgan shaxs Ellikqal’a tumanida ushlandi.
2023-yilning 13-iyul
kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi
3-qismi "b" bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanib, qidiruvda yurgan Ellikqal’a tumani
"Do‘stlik" QFYda yashovchi 1982-yil tug‘ilgan R.S ismli shaxs shu yilning 9-iyun
kuni o‘tkazilgan keng ko‘lamli operativ tadbirlar natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Operativ qidiruv xizmati QJChB va Ellikqal’a tumani Ichki ishlar bo‘limi OQX YQT xodimlari tomonidan Ellikqal’a tumanida ushlanib, To‘rtko‘l tumani Ichki ishlar bo‘limi Vaqtincha saqlash xonasiga joylashtirildi.