Taxiatosh tumanida Ichki ishlar vazirining sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi
Bugungi kunda sektor rahbarlari tomonidan respublikamiz hududida
fuqarolarning muammolarini hal etish, ularning murojaatlarini o‘rganib, joyida
hal etish xar bir rahbarning o‘z vazifasiga aylangan. Belgilangan jadval
asosida respublika 3 sektor rahbari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki
ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov navbatdagi sayyor qabulini Qoraqalpog‘iston
Respublikasining Taxiatosh tumanidagi Sarayko‘l ovul fuqarolar yig‘inida o‘tkazdi. Unda
fuqarolar ichki ishlar vaziriga yo‘llarning nosozligi, ijtimoiy yordam
ko‘rsatish, hamda yengillashtirilgan kredit olishda yordam etish to‘g‘risida
o‘z murojaatlarini yo‘lladi. Murojaatlarning ko‘pchiligi joyida hal qilindi.
Vaqt talab qilinadigan murojaatlar nazoratga olinib, tegishli mutasaddilarga
topshiriqlar berildi
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi IIV Axborot xizmati