5 Sentyabr 2025 yil
152
Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida «Mustaqilligimizning 34-yilligi” munosabati bilan bugun va kelajakni o‘zida mujassam etuvchi uch avlod uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Unda Ichki ishlar organlari faxriylari, Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilari ishtirok etdi. Ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan uchrashuvda faxriylar yig‘ilganlarni “Mustaqilligimizning 34-yilligi” bayram munosabati bilan tabriklab, bu sohada amalga oshirilayotgan islohatlar hamda o‘zlarining mehnat faoliyatlari hamda o‘z hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda qonunga hurmat, adolat tuyg‘usini yana-da mustahkamlash maqsadida shu kabi tadbirlar kelgusida ham davom ettiriladi.