27 Avgust 2020 yil
1636
O'zbekiston Respublikasi IIV Nukus «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyiga o'qituvchilar tarkibini jamlash bo'yicha o'tkazilgan tanlovning suhbat bosqichi bo'lib o'tdi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 iyunь kunidagi PQ-4375-sonli Qarori hamda O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, O'zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2019 yil 30 noyabrdagi 60-son qo'shma Qarorlarida ko'rsatilgan mezonlar asosida akademik litseyga o'qituvchilar tarkibini jamlash bo'yicha 2020 yil 26 avgust kuni tanlovning suhbat bosqichi o'tkazildi.
Tanlov akademik litsey buyrug'i asosida shakllantirilgan komissiya a'zolari, O'zbekiston va Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV, Qoraqalpog'iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Qoraqalpog'iston Respublikasi kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari, shuningdek Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining professor o'qituvchilari tomonidan olib borildi.
Tanlovning suhbat bosqichiga saralash test sinovlaridan yetarli ball to'plagan jami 36 nafar pedagog xodimning 34 nafari qatnashdi.
Pedagog xodimlarning tanlov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan biletlar asosida bilim saviyalari sinovdan o'tkazildi. Tasdiqlangan biletda har bir pedagog xodimga 5 savol berilib, savollarining 3 tasi mutaxassislik 2 tasi pedagogika fanidan tuzilgan.
Nomzod pedagog xodimlarning savollarga bergan javoblariga qarab Nizomda ko'rsatilgan mezonlar asosida komissiya a'zolari tomonidan baholanib borildi.
Tanlovning suhbat bosqichi natijalariga ko'ra biologiya fanidan 1 nafar, fizika fanidan 1 nafar, ingliz tili fanidan 2 nafar, matematika fanidan 2 nafar, o'zbek tili fanidan 1 nafar, qoraqalpoq tili fanidan 2 nafar, rus tili fanidan 2 nafar va tarix fanidan 2 nafar jami 13 nafar pedagog xodimlar o'qituvchi lavozimiga munosib deb topildi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati