Targ‘ibot ishlari olib borildi.
2023 yilning 8 fevral kuni 7261 sonli harbiy qism harbiy xizmatchilari bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV YHXB xodimi M.Q.Matkarimov va t va MIB o‘rinbosari mayor o.Sh.Salimov hamda texnika va qurol-aslaha xizmatlari tomonidan harbiy qism kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarining xizmat va shaxsiy avtotransport vositalarini boshqarishda yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya qilish, mast holda transport vositalarini boshqarmaslik, texnik ko‘rik ishlarini o‘z vaqtida o‘tkazib borishi, gaz baloni o‘rnatilgan avtomashinalar haydovchilariga gaz ballon ekspluatatsiyasi va xavfsizlik qoidalari rioya qilishi, avtotransport vositalaridan tegishli hujjatlar asosida maqsadli foydalanishlari va shaxsiy avtotransport vositalarini tegishli hujjatlar asosida boshqarishlarini taʼminlash, yo‘l-transport hodisalari sodir yetilishining oldini olish maqsadida avtoreyd o‘tkazildi hamda mashg‘ulot tashkillashtirildi.
Tekshirish natijasiga kura, harbiy xizmatchilarni yo‘l harakati qoidalariga amal qilishlari, shaxsiy avtotransport vositalarini tegishli hujjatlar asosida boshqarishlari, shaxsiy transport vositalarini o‘z vaqtida texnik ko‘riklardan o‘tkazib turganliklari, gaz ballonlarining davlat standartlari sifatiga javob beradigan korxonalarida amalga oshirilganligi, belgilanmagan hamda ortiqcha bezaklar o‘rnatilmaganligi aniqlandi.