12 Iyun 2025 yil 466

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan respublikamizning uzoq hududlariga odam tashish bilan shug‘ullanuvchi yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksi haydovchilarining ishtirokida yo‘l transport hodisalarining oldini olish va yo‘l harakati qoidalariga amal qilishlari bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyor Torebekov tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi majlislar zalida respublikamizning olis hududlariga odam tashish bilan shug‘ullanuvchi yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksi haydovchilari bilan yo‘l transport hodisalarining oldini olish yo‘nalishida hamda yo‘llarda yo‘l harakati qoidalariga amal qilishlari, uzoq masofali yo‘llarga chiqqanda tezlikni oshirmaslik, quvib o‘tish qoidalariga amal qilish kerakligi bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi. Shuningdek, yig‘ilganlarga respublikamiz hududida yuz bergan og‘ir oqibatli yo‘l transport hodisalari va odam o‘limi bilan bog‘liq bo‘lgan baxtsiz hodisalar bo‘yicha tayyorlangan videoroliklar namoyish etildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech