Targ‘ibot ishlari davom etmoqda
Bugun,
Taxiatosh tumani hokimligi maʼmuriy binosida Qoraqalpog‘iston
Respublikasi IIV JXX HPB o‘rinbosari podpolkovnik X.Reymkulova
boshchiligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, yig‘ilishda shuningdek tuman IIB
boshlig‘i podpolkovnik I.Saliyev va tuman xokimi o‘rinbosari G.Bekbergenovalar
ishtirok yetishdi. Mazkur yig‘ilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, asosiy
kontingenti xotin-qizlardan iborat bo‘lgan korxona, muassasa va
tashkilotlarda ishlovchi, ayniqsa hisob va moddiy javobgarlik lavozimlarda
xizmat qilayotgan ayollar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyat sodir etilishining
oldini olishdan iborat bo‘lib davlat tashkilotlari va idoralarida xizmat olib
borayotgan lavozimli ayollar tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan
jinoyat turlari haqida keng turda tushunchalar berilib o‘tildi. Bu kabi targ‘ibot tadbirlari Respublikamizning barcha tumanlarida
o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda