4 Sentyabr 2025 yil
205
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qoraqalpoq akademik litseyida "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" shiori ostida va "Bilimlar kuni" belgilandi.
Tadbirda
O‘zbekiston Respublikasi IIV, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, litsey
rahbarlari va o‘qituvchilari, faxriy mehmonlar, o‘qituvchilar va ularning
ota-onalari ishtirok etdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi
bilan boshlandi. So‘zga chiqqan litsey direktori barchani yangi o‘quv yilining
boshlanishi bilan tabriklab, o‘quvchilarga muvaffaqiyatli va samarali o‘quv
yili tiladi. Tadbir doirasida barcha guruhlarda "Mustaqillik darsi"
o‘tkazildi. Dars davomida o‘quvchilarga mustaqillikning tarixiy ahamiyati,
erkin va farovon hayotimizning mazmun-mohiyati, Prezidentimiz tomonidan ilgari
surilayotgan islohotlar va taraqqiyot yo‘li haqida tushunchalar berildi.