18 Fevral 2021 yil 1247

Taxtako'pir tumanida besh nafar shaxs muddatidan oldin ozod etildi

Jinoyat ishlari bo'yicha Taxtako'pir tumani sudi tomonidan joriy yilning 16 fevralь kuni Taxtako'pir tumani ichki ishlar bo'limi  probatsiya guruhining taklifi ko'rib chiqildi.
Ushbu taklifga asos hozirda jazoni o'tayotgan  besh nafar fuqaro tartib-intizomga to'liq rioya etganligi, mehnatga halol munosabatda bo'lgani, ilgari qilgan ishidan chin dildan pushaymonligini  hisobga olinib muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilindi.
Jazoning o'talmagan muddati davomida qasdan yangi jinoyat sodir etgan hollarda, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 60-moddasida nazarda tutilgan   qoidalarga muvofiq jazo tayinlanishi tushuntirilib o'tildi.
 
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati
 
Text to speech