3 Dekabr 2021 yil 525

Kasbiy tayyorgarlik oyligi doirasida voleybol bo'yicha musobaqa o'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining farmoyishi muvofiq, Ichki ishlar organlari xodimlari o'rtasida joriy yilning 15 noyabrь kunidan 15 dekabrь kunlari oralig'ida «Kasbiy tayyorgarlik» oyligi Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar organlarida ham uyushqoqlik bilan o'tkazilmoqda. Oylik doirasida turli ma'naviy-ma'rifiy va sport tadbirlari bo'lib o'tmoqda. Xususan, joriy yilning 2-3 dekabrь kunlari Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari o'rtasida voleybol bo'yicha musobaqa bo'lib o'tdi.Musobaqaga vazirlikning sohaviy xizmatlari o'quv muassasalari va shahar tuman IIBlaridan 12 jamoa ishtirok etdi.
Musobaqani o'tkazishdan maqsad  ichki ishlar organlari xodimlari o'rtasida  jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanishni keng targ'ib qilish, sog'lom turmush tarzini ommalashtirish orqali sport musobaqalarini muntazam o'tkazib borishdan iborat.
Qiziqarli bo'lib o'tgan musobaqada faxrli 3 o'rinni Nukus shahar ichki ishlar organlarini muvofiqlashtirish boshqarmasi, 2 o'rinni O'zbekiston Respublikasi IIV Qoraqalpoq akademik litseyi jamoasi 1 o'rinni Qorao'zak tumani IIBning terma jamoasi egalladi.
Musobaqa g'oliblarini taqdirlash tadbiriga Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o'rinbosari polkovnik I.Axmedov ishtirok etib, g'oliblarni tabriklab ularga diplom medalь va sovg'alarni topshirdi.

 

Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.

 

Text to speech