Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi hamda IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi rahbariyati tomonidan Qo‘ng‘irot va Chimboy tumani IIBlarida tegishli sohaviy xizmat shaxsiy tarkibi va ularningyaqin qarindoshlari bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
2021 yil 10 mart kuni, Qo‘ng‘irot tumani IIB majlislar zalida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik M.T.Raxmatullayev ishtirokida, Qo‘ng‘irot, Mo‘ynoq, Qonliqo‘l va Sho‘manoy tumani IIBlarining tergov, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish hamda ekspert-kriminalastika bo‘linmalarining shaxsiy tarkibi va ularning yaqin qarindoshlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda, ichki ishlar organlari xodimlariga yaratilayotgan sharoitlar, xodimlarning tartib va ijro intizomiga to‘liq rioya qilishlari, xodimlar tomonidan sodir etilayotgan taʼmagirliklar va salbiy holatlar aytilib, ularning fikr va takliflari eshitilib, kelgusida bu kabi salbiy holatlarning oldini olish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Uchrashuv davomida, yaxshi ko‘rsatkichlarga erishgan bir nechta xodimlarning ota-onalariga vazirlik rahbariyatining tashakkurnomalari topshirildi.
Uchrashuv yakunlangandan so‘ng, yuqoridagi tuman IIBlarining tergov bo‘linmalari xodimlari bilan alohida qisqa muddatli yig‘in o‘tkazilib, ushbu tumanlarning 2 oylik ish ko‘rsatkichlari, ish yurituvidagi tergovga qadar tekshiruv hujjatlari va jinoyat ishlari hamda fosh etilmasdan turgan jinoyatlar muhokama qilindi. Shuningdek, shu kunning o‘zida, Chimboy tumani IIB majlislar zalida Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi va Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi rahbariyati ishtirokida xodimlar va ularning ota-onalari bilan uchrashuvlar davom ettirilib, uchrashuvga Chimboy, Qorao‘zak, Taxtako‘pir, Bo‘zatov va Kegeyli tumani IIBlarining tergov, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish hamda ekspert-kriminalastika bo‘linmalarining shaxsiy tarkibi va ularning yaqin qarindoshlari qatnashib, xodimlarga yaratilgan sharoitlar va xodimlar tomonidan sodir etilayotgan har bir salbiy holatlar muhokama qilinib, ota-onalarning muammo va takliflari eshitildi.
Uchrashuv davomida, yaxshi ko‘rsatkichlarga erishgan bir nechta xodimlarning ota-onalariga vazirlik rahbariyatining tashakkurnomalari topshirildi. Uchrashuv yakunlangandan so‘ng, yuqoridagi tuman IIBlarining tergov bo‘linmalari xodimlari bilan alohida qisqa muddatli yig‘in o‘tkazilib, ushbu tumanlarning 2 oylik ish ko‘rsatkichlari, ish yurituvidagi tergovga qadar tekshiruv hujjatlari va jinoyat ishlari hamda fosh etilmasdan turgan jinoyatlar muhokama qilindi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi tergov boshqarmasi