26 Noyabr 2021 yil 637

«Temurbeklar maktabi» harbiy akademik litseyida «Zakovat» intellektual o'yini bo'lib o'tdi

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2019 yil 26 avgust kungi «Ichki ishlar organlarining yosh xodimlari bilan ishlashni tashkillashtirish to'g'risida»gi 250-sonli buyrug'i talablariga muvofiq joriy yilning 26 noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi IIV «Temurbeklar maktabi» xarbiy akademik litseyida «Zakovat» intellektual o'yini bo'lib o'tdi.
Unga, Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV yoshlar jamoasi, O'zbekiston Respublikasi IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta'minlash qo'shinlari Nukus Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni maxsus batalьoni, O'zbekiston Respublikasi IIV  huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti 2-sonli tergov hibsxonasi, O'zbekiston Respublikasi IIV «Temurbeklar maktabi» harbiy akademik litseyi, O'zbekiston Respublikasi IIV Qoraqalpoq akademik litseyi hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi IIVning xotin-qizlardan iborat oltita jamoa ishtirok etishdi. O'yinlar davomida zukko, bilimdon va intellektual salohiyatga ega bo'lgan ishtirokchilar “Zakovat” savol-javoblarida o'z mahoratlarini namoyish etib, bilimlarini sinovdan o'tkazdi.
Mazkur intellektual o'yinlarini o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad, ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlari va yoshlarning intellektual va professional bilim darajasi, ma'naviy-axloqiy saviyasini muntazam ravishda oshirib borishdir. Shuningdek, bu borada bilimli va salohiyatli xodimlarga iqtidorini namoyon etishlari uchun yetarlicha shart-sharoitlar yaratish, ularni munosib rag'batlantirish, xodimlarda ilmni qadrlashga, kitob mutolaasi bilan ko'proq shug'ullanishga va bilim olishga intilishlari kabi tushunchalarni mustahkamlashdan iboratdir.
Murosasiz, hayajonli va qizg'in o'tgan bellashuvda, O'zbekiston Respublikasi IIV Qoraqalpoq akademik litseyi birinchi o'rinni, O'zbekiston Respublikasi IIV «Temurbeklar maktabi» harbiy akademik litseyi ikkinchi o'rinni va uchunchi o'rinni Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV yoshlar jamoalari egalladi. G'oliblarni taqdirlash tadbiriga Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o'rinbosari polkovnik I.Axmedov ishtirok etib,  tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan sovg'alarni topshirdi va Zakovat o'yini ishtirokchilarining kelgusi o'qish va xizmatlarida zafarlar tiladi.

 

Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

 

Text to speech