TERRORISTIK VA EKSTREMISTIK HARAKATLARNI OLDINI OLISH BO‘YICHA XODIMLARNING BILIM VA KO‘NIKMALARI OSHIRILDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish davrida fuqarolarning tinchligini va osoyishtaligini taʼminlash, portlash xavfi bo‘lgan predmetlarni qo‘llab sodir etilishi mumkin bo‘lgan terrorchilik-qo‘poruvchilik harakatlarini hamda favqulodda holatlar yuzaga kelishini oldini olish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi IIV Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha Maxsus otryadining mutaxassis xodimlari tomonidan Saylov tadbirlariga jalb qilinadigan Ichki ishlar organlari xodimlari bilan “Terroristik va ekstremistik harakatlar hamda portlovchi qurilmalar haqida tushunchalar” mavzusida o‘quv-amaliy mashg‘ulotlari o‘tkazilib kelinmoqda. Shunday mashg‘ulotlardan biri, 2023 yil 22-23 iyun kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV JXXda o‘tkazilib, ushbu mashg‘ulotlarda 115 nafar xodimlar ishtirok etishdi. Mashg‘ulot davomida, hozirgi kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududida sodir etilgan portlashlar, ularda qo‘llanilgan portlovchi modda va qurilmalar hamda jahon miqyosida terroristlar tomonidan qo‘llanilayotgan qo‘lbola portlovchi qurilmalar va portlovchi moddalar to‘g‘risida tushunchalar berildi. Shuningdek, xodimlar tomonidan portlash xavfi bo‘lgan predmetlar aniqlanganida harakatlanish va xavfsizlik choralariga rioya qilish tartibi hamda Maxsus otryad tomonidan ularni zararsizlantirish bo‘yicha maxsus vazifalarni bajarish tartiblari tushuntirilib, maxsus vazifalarni bajarishda Maxsus otryad tomonidan qo‘llanilib kelinayotgan maxsus texnika va asbob-uskunalarning ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Mashg‘ulotlar davomida xodimlar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga mutaxassis xodimlardan javob olishdi.