Til millat ko‘zgusi, akademik litseyda tadbir bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Qoraqalpoq akademik litseyida, 21 oktyabr O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik I.Axmedov, vazirning maslahatchisi nafaqadagi polkovnik O.Turdaqov va Qoraqalpoq davlat universiteti o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
Unda so‘zga chiqqanlar, ona tiliga mehr muxabbat, milliy anʼana va qadriyatlarga sadoqat, ulug‘ ajdodlarimizning boy merosiga hurmat ko‘rsatish lozimligi, bugungi kunda, o‘zbek tilini nufuzini oshirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar haqida aytib o‘tishdi.
Tadbir davomida, O‘zbekiston Respublikasi IIV tomonidan 21 oktyabr O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan tashkil etilgan «O‘zligim timsoli - ona tilim» insholar tanlovida akademik litseyning 3- bosqich o‘quvchisi, S.Jumaniyazovaning 2 o‘rinni olganligi bilan tabriklab, litseyning o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi D.Begiyevaga, akademik litsey rahbariyatining faxriy yorlig‘i topshirildi..
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati