22 Fevral 2024 yil 2690

To‘rtko‘l tumani yoshlarining muammolari o‘rganildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirligiga biriktirilgan yoshlar bilan joylarda uchrashuvlar tashkil qilinib muammolari o‘rganilmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining bosh inspektori polkovnik Jo‘rabek Avazov tomonidan To‘rtko‘l tumanidagi Bog‘yon makon fuqarolar yig‘inida yashovchi yoshlar bilan uchrashib ularning muammolari o‘rganildi. O‘rganishlar davrida To‘rtko‘l tumani hokimligi, yoshlar agentligi bilan birgalikda ishlar tashkil qilinib 47 yoshning har birining oilaviy sharoiti, hozirgi vaqtda qayerda faoliyat yuritayotganligi to‘g‘risida maʼlumotlar olindi. Shuningdek chet elda ishlayotgan yoshlar bilan onlayn muloqot qilinib har qil oqimlarga kirib ketmaslik to‘g‘risida targ‘ibot tashviqot ishlari olib borildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati    

Text to speech