24 Iyun 2024 yil 5597

To‘rtko‘l tumani Ichki ishlar bo‘limida "Qora dori-2024" keng ko‘lamli tezkor profilaktik tadbiri olib borilishiga bag‘ishlanib yig‘ilish o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2024-yil 15- aprel kungi 125-sonli “Qora dori 2024" keng ko‘lamli tezkor profilaktik  tadbirini o‘tkazish haqida”gi farmoyishi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida "Qora dori- 2024" keng ko‘lamli tezkor profilaktik tadbirining birinchi bosqichi joriy yilning 1-may kunidan 30- iyun kuniga qadar o‘tkazilishi munosabati bilan joylarda uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Xususan, To‘rtko‘l tumani Ichki ishlar bo‘limida "Qora dori-2024" keng ko‘lamli tezkor profilaktik tadbiri olib borilishiga bag‘ishlanib yig‘ilish o‘tkazildi. Unda tuman hokimi o‘rinbosari U. Allabergenov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv xizmati boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Neʼmat Abdullayev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi bo‘lim prokurori Feruz Ashurov, To‘rtko‘l tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Maqsud Sherimbetov hamda boshqa masʼul xodimlar qatnashdi.Tadbir davomida yoshlar orasida olib boriladigan profilaktik ishlar rejalari belgilab olindi

 

Text to speech