To‘rtko‘l tumanida yoshlar orasida vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida turli xil tadbirlar tashkil etildi
“2024-yil -
Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb eʼlon qilinganligi munosabati va
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2024-yil 13-yanvar kungi 16-son buyrug‘i ijrosini taʼminlash
maqsadida ichki ishlar organlarida yoshlar bilan ishlash
tizimi samaradorligini oshirish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va
bandligini taʼminlash ishlarini manzilli tashkil etish maqsadida To‘rtko‘l tumani “Yoshlik istirohat bogida ”
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirining Bosh
inspektori polkovnik Jo‘rabek Avazov
hamda To‘rtko‘l tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i
tuman 3 sektor rahbari podpolkovnik Maxsad
Sherimbetovlar ga
biriktirilgan jami 13 OFY va MFY
16-30 yoshlar o‘rtasida sportning Armrestling, arkon tortish, zarba kuchini aniqlash, tosh ko‘tarish, stol tennis hamda
milliy kurash sport musobaqalari o‘tkazildi. Unda barcha mahallalar faol
qatnashib yaxshi natija ko‘rsatgan ”Bog‘yop”,
“Ibn Sino” “Navoiy” Kukcha
“Oqboshli” “Mustaqillik” yoshlari yakshi
natija ko‘rsatib masullar tomonidan esdalik va qimmat baho
sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi. Shuningdek yoshlarni qadimiy joylarga
sayohat qilish maqsadida Xiva shaxriga
sayohat tashkillashtirildi.