19 Dekabr 2020 yil 944

Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o'rinbosari podpolkovnik M.T.Raxmatullayev tomonidan Qonliko'l tumani faollari ishtirokida tumanda sodir etilgan jinoyatlar muhokama qilindi

2020 yilning 17 dekabrь kuni, vazir o'rinbosari M.T.Raxmatullayev tomonidan Qonliko'l tumani faollari bilan birgalikda joriy yilda Qonliko'l tumanida sodir etilgan jinoyatlar keng tahlil qilinib, mazkur jinoyatlarning kelib chiqish sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlari o'rganildi hamda kelgusida jinoyatlarning profilaktikasi bo'yicha amalga oshirilishi lozim bo'lgan tegishli chora-tadbirlar belgilanib olindi.
Jumladan, tumanning “Navruz” OFY hududida joriy yilning 14 dekabrь kuni,“S” ismli shaxs “Neksiya-3” rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, ushbu yo'lni piyoda kesib o'tayotgan 1970 yilda tug'ilgan “O” ismli hamda 1979 yilda tug'ilgan “M” ismli shaxslarni boshqaruvidagi transport vositasining oldi tomoni bilan urib yuborib, yo'l-transport hodisasi oqibatida “O” va “M” ismli shaxslarning vafot etishiga sababchi bo'lgan yo'l transport hodisasi jinoyati muhokama qilindi. Muhokama davomida,ushbu mahalla aholisi ushbu yo'l-transport hodisasi sodir bo'lgan joyda, piyodalar o'tish yo'lakchasini
tashkil qilishda amaliy yordam berilishini so'rab murojaat qilishdi, ushbu murojaat bo'yicha tuman hokimiyati, tuman IIB hamda tumanning yo'llardan foydalanish unitar korxonasi vakillari bilan birgalikda hodisa joyiga borilib, ushbu joyda piyodalar o'tish yo'lakchasini tashkil qilish belgilanib, ijrosi nazorat olindi.
Shuningdek, vazir o'rinbosari M.T.Raxmatullayev tomonidan tuman IIBning shaxsiy tarkibi bilan yig'ilish o'tkazilib, yig'ilishda xodimlar orasida tartib va ijro intizomiga rioya qilinishini, qonun buzilishi va ta'magirlikga yo'l qo'ymaslik, tuman IIBning navbatchilik qismi hamda IIBda tashkil qilingan so'rovxonaning faoliyati hamda undan to'liq foydalanish ahvoli, tuman hududida sodir etilib fosh etilmasdan qolgan jinoyatlar va xodimlarning ish yurituvidagi tergovga qadar tekshiruv hujjatlarining qonuniy qaror qabul qilinishi muhokama qilinib, tegishli chora-tadbirlar belgilanib olindi.
 

Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi
 
 
 
Text to speech