To‘rtko‘l tumanida yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 20 may To‘rtko‘l tumani hokimligi hamda “Ullibog‘” ovul fuqarolar yig‘inlarida yoshlar bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Unga, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi patrul post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari podpolkovnik A.Orinbayev, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori birinchi o‘rinbosari S.Ashurov hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi tarbiyaviy, mafkuraviy ishlar bo‘limi boshlig‘i U. Urazmetovlar “Ullibog‘” ovul fuqarolar yig‘inidagi yoshlar bilan uchrashdilar. Uchrashuvda tuman yoshlari bilan birga IIO probatsiya guruhi hisobida turgan yoshlar ham ishtirok etishdi.
Uchrashuvlar davomida, bugungi kunda Prezidentimiz rahnamoligida jamiyatda yoshlarning roli va obro‘sini ko‘tarish, ularga qulay shart-sharoitlarni yaratib berish, yoshlar tashkilotlari orqali yosh avlod muammolari ichiga chuqurroq kirish va ularni hal etish bo‘yicha bir qator amaliy ishlar olib borilayotganligi taʼkidlandi.
Uchrashuvlar davomida yoshlar tomonidan bildirilgan takliflar, mulohazalar va murojaatlar bilan ishtirok etib bilan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati