To‘rtko‘l tumanida sayyor qabul o‘tkazildi
Joriy yilning 10 fevral kuni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani Madaniyat markazi binosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari podpolkovnik A.M.Utemuratovishtirokida Sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabul jarayonida jami 21 nafar fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi. Shundan, 1 tamurojaat uy-joy masalasida,6 ta moddiy yordam olish, 9 ta yo‘llarni taʼmirlash va kommunal, 2 ta kredit olish hamda 3 ta ish bilan taʼminlash masalasida murojaatlar qabul qilinib,fuqarolardan tushgan murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi.
Masalan, fuqaro U.K.Bo‘ronkulov, A.S.Ganjayev va K.Urinbayevlarning ish bilan taʼminlashga amaliy yordam berishni so‘ragan murojaatlari joyida hal etilib, barchasi ish bilan taʼminlandi.
Shuningdek, B.Xudaybergenovning turmush o‘rtog‘ini davolatishi uchun dori-darmonga yordam berishni so‘ragan murojaati hamda fuqaro B.B.Satqlichev va A.M.Abdullayevlarning moddiy yordam berishni so‘ragan murojaatlari joyida hal etildi.
Ayrim murojaatlar o‘rganish va vaqt talab qilishi inobatga olinib, mutasaddi idoralarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi va murojaat egalari huquqiy tushuntirishlar berildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati