15 Aprel 2021 yil 1135

Uch avlod uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 15 aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik I.B.Axmedov, uchrashuv kun tartibini eʼlon qilib, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ko‘rsatmasi talablariga asosan, O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining kunduzgi o‘quv kursining 3-bosqich kursantlariga joriy yilning 18 yanvar kunidan 24 aprel kuniga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar organlarida malakaviy ishi oldi amaliyotini yuqori saviyada o‘tkazish va kursantlarga biriktirilgan murabbiylari bilan mahallabay ishlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida qisqacha taʼkidlab o‘tildi.
Shuningdek uchrashuv davomida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining maslahatchisi, isteʼfodagi polkovnik O.Turdakov so‘zga chiqib, kursantlarga hozirgi vaqtda davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga berayotgan eʼtibori, ularga yaratib berilgan sharoitlar va imkoniyatlar haqida hamda o‘zining ichki ishlar organlaridagi 32 yil davomidagi xizmati davridagi tajribalarini va boshidan o‘tgan esda qolarli voqealarni kursantlarga aytib berdi.
So‘ng so‘zga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilot yetakchisi katta leytenant A.Kengesbayev chiqib, kursantlarga yurtboshimiz tomonidan mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish borasida olib borilayotgan tashabbuslarini amalga oshirishda biz yoshlar kamarbasta bo‘lishimiz va bildirilgan ishonchni oqlash zarurligini hamda tizimda mavjud muammolarni hal qilish, sohani yana-da takomillashtirish maqsadida o‘zlarining tashabbus va takliflari mavjud bo‘lsa, minbarga chiqib aytishlari mumkin ekanligini, shuningdek, kursantlarga uqishni bitirib kelgandan so‘ng, xizmat faoliyatlari davomida ustozlaridan olgan bilim va ko‘nikmalarini amaliyotda keng natijali foydalanishlariga ishonchi komil ekanligini taʼkidlab o‘tdi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech