12 Oktyabr 2023 yil 3519

Hududlarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi

Hududlarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat xavfsizligini taʼminlash hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish ichki ishlar organlari oldida turgan dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida ayni damda Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib turgan IIV Akademiyasi maʼmuriy huquq kafedrasi o‘qituvchisi mayor Z.M.Oxunov joylarda kriminogen vaziyat bilan tanishdi. Jumladan, Xo‘jayli tumani IIB rahbariyati bilan birgalikda, tuman hududidagi “Bunyodkor” va “Madaniyat” mahallalarida sodir etilgan jinoyatlar joylarga chiqqan holda o‘rganildi hamda tahlil qilindi.
Hudud profilaktika inspektorlari bilan birgalikda jinoyatlarni sodir etilish sabablari va ularga imkon bergan shart-sharoitlar muhokama qilindi. Mahalla faollari hamda fuqarolar ishtirokida sodir etilgan jinoyatlar yana bir bor muhokama qilinib, tushuntirish ishlari olib borildi, bildirilgan taklif-tavsiyalar eʼtiborga olindi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech