3 Aprel 2021 yil 919

Qo‘ng‘irot tumanida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 02 aprel kuni, Qo‘ng‘irot tumanida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik M.T.Raxmatullayev, tuman IIB boshlig‘i podpolkovnik B.I.Torebekov, tuman hokimining mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash bo‘yicha o‘rinbosari O.R.Yembergenovlar ishtirokida, barcha mahalla raislari va profilaktika inspektorlari bilan uchrashilib, 19 ta jinoyat oshgan mahallalar muhokama etildi va ishlarni mahallabay tashkil etish to‘g‘risida tegishli choralar belgilandi. Yig‘ilish qatnashchilariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 mart kungi “Jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6196-sonli Farmonining mazmun mohiyati tushuntirildi.
Shuningdek, tumanda eng ko‘p jinoyat qayd etilgan “AlmazarMFYga borib, u yerda mahalla raisi va faollari bilan uchrashib, jinoyatlarning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar o‘rganildi va ushbu maʼmuriy hududda xizmat olib boruvchi profilaktika inspektori faoliyati bilan tanishib, huquqbuzarlik va jinoyatlarni oldini olish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shundan so‘ng, vazir o‘rinbosari M.T.Raxmatullayev  tuman IIBga borib, O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2020 yil 16 iyun kunidagi  102-sonli farmoyishi bilan tashkil qilingan “so‘rovxonani ko‘zdan kechirib, uning faoliyati bilan tanishdi hamda IIBga olib kelingan barcha shaxslar bilan faqatgina so‘rovxonada tergovga qadar tekshiruv harakatlarini o‘tkazish va tegishli protsessual hujjatlarni rasmiylashtirish yuzasidan topshiriqlar berdi. Keyin tuman IIB rahbariyati, tergov bo‘linmasi va JQB tezkor vakillari ishtirokida ochilmay turgan jinoyatlar muhokama qilinib, ushbu jinoyatlarni hamkorlikda ochish va jinoyat sodir qilgan shaxslarga nisbatan jazo muqarrarligini taʼminlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.  

 

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi tergov boshqarmasi

 

Text to speech