“Ustoz-shogird” an’analarini kuchaytirish, Ichki ishlar organlarida uzoq yillar xizmat qilib, hozirda nafaqada bo‘lgan tajribali faxriy xodimlarning ijtimoiy faolligini oshirish va kasbiy tajribasidan foydalanish maqsadida 2025-yil 4-aprel kuni Taxiatosh tumani Ichki ishlar bo‘limida faxriylar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida uzoq
yillar xizmat qilgan faxriy xodimlar tomonidan mashaqqatlarga boy mehnat
faoliyati, xizmatda erishgan yutuqlari haqida yoshlarga to'lqinlanib so'zlab
berishdi va xodimlarga tegishli ko‘rsatmalarni berib o‘tildi. Albatta, bu kabi
tadbirlar o'sib kelayotgan yosh avlodning ona Vatanimizga bo'lgan daxldorligini
yanada kuchaytirib, ularni xizmat burchi va qasamyodiga sadoqat ruhida
tarbiyalashga, kasbiy hamda ma'naviy-axloqiy fazilatlarini yuksaltirishga
munosib hissa qo'shadi degan umiddamiz.