24 Fevral 2021 yil 644

“Huquqshunoslik” fan olimpiadasi birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

2021 yil 24 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2021 yil 6 fevraldagi “Ichki ishlar vazirligining akademik litseylari o‘quvchilari o‘rtasida Huquqshunoslik fan olimpiadasi va Jaloliddin Manguberdi avlodlari spartakiada musobaqasini tashkil etish to‘g‘risida”gi 48-son buyrug‘i ijrosini taʼminlash maqsadida shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Qoraqalpoq akademik litseyi o‘quvchilarining huquqshunoslik fanlari bo‘yicha bilimlarini yana-da oshirish maqsadida “Huquqshunoslik” fan olimpiadasi birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
“Huquqshunoslik” fan olimpiadasining O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Qoraqalpoq akademik litseyida o‘tkazilgan birinchi bosqichida Akademiya va akademik litseylari tomonidan ishlab chiqilgan hamda Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan mezonlar bo‘yicha oshiq va oshkoralik tamoyillari asosida tashkil etildi.
Birinchi bosqich bo‘yicha g‘olib aniqlanib, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining akademiyasida bo‘lib o‘tadigan keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.

Text to speech