O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, general-mayor A.I.Ikramovning sayyor qabuli Beruniy tumanida davom etdi.
Bugungi kunda aholining yashash sharoitini yaxshilash, odamlar bilan bilan ochiq muloqot orqali ularni qiynab kelayotgan muammolarga yechim topish maqsadida sayyor qabullar o‘tkazilib kelinmoqda. Joriy yilning 23 noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanidagi "Axborot markazi" binosida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, general-mayor A.I.Ikramovning sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Qabulga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, polkovnik B.Torebekov, uning o‘rinbosarlari, boshqarma va sohaviy xizmatlar rahbarlari ishtirok yetishdi. Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan sayyor qabulda murojaatlar asosan, fuqarolikni rasmiylashtirish, soha xodimlariga minnatdorchilik, ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilish, tergovga qadar tekshiruv hamda surishtiruv harakatlaridan norozilik hamda fuqarolarning ijtimoiy masalalari yuzasidan fuqarolardan 51 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lsa, murojaatlarning 29 tasi joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan 8 ta murojaatlar, ko‘rib chiqish uchun tegishli mutasaddi idoralar vakillari tomonidan nazoratga olingan bo‘lsa, 14 ta murojaat bo‘yicha asoslantirilgan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Sayyor qabul davomida, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga tan olingan fuqarolarga va 16 yoshga to‘lgan bir guruh yoshlariga shaxsini tasdiqlovchi ID kartalari topshirildi. 5 nafar xotin-qizlarning har biriga tikuv mashinasi, 10 nafar xotin-qizga qandolatchilik bilan shug‘ullanishlari uchun elektropechkalar topshirildi hamda 2 nafar fuqaroga o‘zini band qilishi uchun payvandlash uskunasi topshirildi. Shuningdek fuqaro K.Abdusamatovaning farzandiga o‘quv kontrakt pullarini to‘lashlari uchun 10 mln so‘m miqdorida pul mablag‘i ajratilib, fuqaro T.Allamberganov Beruniy tumanida joylashgan “Raʼno savdo sotiq” MCHJga haydovchi lavozimiga ishga joylashtirildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati