O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi bitiruvchilariga xizmat guvohnomalari topshirildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasini bitiruvchi 34 nafar kursantlarga xizmat guvohnomalarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik I.Axmedov, O‘zbekiston Respublikasi IIV Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti bo‘lim boshlig‘i podpolkovnik U.Abdullayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining maslahatchisi isteʼfodagi polkovnik O.Turdakov va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar organlari faxrilar kengashi raisi F. Sankibayevlar qatnashdi.
Shuningdek, Tadbirda so‘zga chiqqanlar yosh xodimlarga xizmat faoliyatida zafarlar tilab, so‘ngi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ichki ishlar organlari xodimlarini ijtimoiy himoyalash sohalarda yaratilgan imtiyozlar haqida tushunchalar berib o‘tdi.
Tadbir so‘ngida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining yosh xodimlarning yangi lavozimlarga tayinlanganligi haqidagi buyruqlari bilan tanishtirilib ularga ustozlar biriktirildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.