9 Aprel 2021 yil 735

«Temurbeklar» harbiy akademik litseyida bayram tadbiri bo'lib o'td

Qoraqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyasi va Davlat gerbi qabul qilingan kuni hamda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 685 yilligi munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirga, Qoraqalpog'iston Respublikasi ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov, vazir o'rinbosari polkovnik I.Axmedov, vazir maslahatchisi iste'fodagi polkovnik O.Turdaqov, Nukus harbiy prokurori yordamchisi adliya kapitani Sh.Xodjiyev, litsey harbiy xizmatchilari, o'qituvchi va o'quvchilari ishtirok etishdi.
Tadbirda dastlab, O'zbekiston va Qoraqalpog'iston Respublikalari davlat madhiyalari yangradi.
Unda so'zga chiqqanlar tomonidan, Konstitutsiya xalqimiz irodasini o'zida ifoda etib, mamlakatimiz mustaqilligi, huquq va erkinliklarimiz, burch va majburiyatlarimizning qonuniy asosi, mustahkam kafolati ekanligini, uning har bir moddasida milliy va umuminsoniy qadriyatlar, xalqimiz manfaatlari aks etganligini aytib o'tishdi. Shuningdek, Amir Temur va temuriylarning milliy davlatchilik, ilm-fan, madaniyat, bunyodkorlik va boshqa sohalardagi ulkan merosini o'rganishga qiziqish jahon miqyosida tobora ortib borayotganligi, yurtimiz va xorijda temuriylarning dunyo sivilizatsiyasi ravnaqiga qo'shgan ulkan hissasiga oid ko'plab badiiy, publitsistik asarlar yaratilayotganligi ta'kidlandi. Tadbir davomida litsey o'quvchilari o'rtasida “Amir Temur davri bilimdoni” tanlovi o'tkazilib, hakimlar tomonidan baholandi va g'oliblar aniqlanib munosib taqdirlandi. Shuningdek, o'quvchi yoshlarning kontsert dasturi namoyish etildi.
Tadbirda, jamoat ishlarida faol ishtirok etib kelayotgan o'quvchi yoshlar, o'qituvchi va murabbiylarga, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining faxriy yorliqlari va sovg'alar topshirildi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati
.

 

Text to speech