26 Sentyabr 2025 yil 352

Qorao‘zak tumani Do‘stlik dam olish bog‘ida tumanimizdagi 28-sonli umumta‘lim maktabida tashkil etilgan "Jasorat sinfi" o‘quvchilarining tantanali va‘da berish marosimi bo‘lib o‘tdi

Tadbirda tuman prokurori, biriktirilgan Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning hududiy rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Ushbu "Jasorat sinfi" o‘quvchilarni harbiy vatanparvarlik va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularda harbiy xizmatni ado etishda zarur bo‘ladigan dastlabki harbiy va ijodiy ko‘nikmalarni shakllantirish kasi ustuvor maqsadlar asosida tashkil etilgan. Tadbirda so‘zga chiqqanlar o‘quvchilarni va ularning ota-onalarini ushbu tantanali marosim bilan samimiy tabrikladilar

 

Text to speech