13 Oktyabr 2025 yil 167

Davlatimiz rahbarining hududlarda jinoyatchilikni jilovlash hamda huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasiga qaratilgan topshiriqlarining ijrosi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari tomonidan tungi vaqtda Taxiatosh tumanida o‘rganish ishlari olib borildi

Vazir o‘rinbosari M.T.Raxmatullayev dastlab tungi xizmatga biriktirilgan xodimlar faoliyati bilan tanishib, jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan hududlarning barqarorligini ta’minlash, tungi paytda yo‘l transport hodisalarining oldini olish, harakat xavfsizligini ta’minlash yuzasidan topshiriqlar berdi. Shuningdek, Taxiatosh tumani tibbiyot birlashmasi, Taxiatosh tumani 3-sonli maktabi va 14-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi binolarining qo‘riqlanishi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ahvoli o‘rganilib, xavfsizlikni ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi. Bundan tashqari, Taxiatosh tumani «Xalqlar do‘stligi» MFY hududida joylashgan «8A» va «9A» ko‘p qavatli uylarning xavfsiziligini ta’minlash ishlar ahvoli o‘rganildi.

Text to speech