Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz
“Navro‘z” umumxalq milliy bayramini ko‘tarinki ruxta
o‘tkazish bayram tadbirlari davomida jamaot tartibini hamda fuqarolar
xavfsizligini taʼminlash maqsatida Qoraqalpg‘iston Respublikasi ichki ishlar
vazirligi xodimlari tomonida kuchayttirilgan tartibda xizmat olib borish
belgilangan. O‘z kasbiga sadoqat bilan xizmat qilayotgan vatan oldidagi
vurchini sidqidildan bajarayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar
vazirligi 102 ro‘yxatga olish markazi xodimlari 24 soat davomida xalqimiz
xizmatida. Mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni saqlash, har qanday
jinoyat va qonunbuzarlikka qarshi kurashish, fuqarolarning huquq va
erkinliklarini himoya qilish borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilib
kelinmoqda. 102 tizimi markazlashgan tizim bo‘lib, fuqarolarning
murojaatlarini, voqea hodisalar haqidagi qo‘ng‘iroqlarini qabul qiladi hamda
bunga tezkorlik bilan munosabat bildiradi. Tizimning faoliyati uchun eng
so‘nggi innovatsion texnika va texnologiyalar joriy qilinib, bunda aloqa
vositalaridan tortib, hududlarni nazorat qilish uchun maxsus kuzatuv
kameralarigacha mana chu joyda nazoratga olinadi. 102 tizimiga navbatchi
operatorlar biriktirilgan bo‘lib, aholi murojaatlarini kunu-tun qabul qilib,
ularga munosib tarzda javob qaytarishadi. Ushbu tizim orqali respublikamiz
hududida kriminogen vaziyatlarni barqarorligini taʼminlash, jinoyatchilik va
huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, ularga tezkorlik bilan munosabat
bildirishda qulay tizim hisoblanadi.