28 Fevral 2024 yil 2677

Vazir oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi “Temurbeklar maktabi” hamda “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi”da boʻldilar

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari general mayor Baxodir Mirzaraximov Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrifi davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov bilan Nukus Temurbeklar maktabi harbiy akademik litseyida boʻlib, litseyda oʻquvchilarga yaratilgan sharoitlar va oʻquv jarayoni bilan tanishdi.

Shuningdek, vazir oʻrinbosari u yerda tashkil qilingan toʻgaraklar ish faoliyatini oʻrganib, oʻquvchi yoshlar bilan suhbatlashib, mamlakatimizda yoshlarga yaratilgan sharoitlardan toʻgʻri va unumli foydalanish boʻyicha maslahatlar berdi.

Vazir oʻrinbosarining navbatdagi oʻrganish ishlari Nukus shahrida joylashgan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV JXX HPB “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi” boʻldi.

Markazning yangi taʼmirdan chiqqan binosi va xodimlarning ish faoliyati bilan yaqindan tanishib markaz tarbiyalanuvchilariga yaratilgan sharoitlarini koʻzdan kechirdi. Shuningdek, vazir oʻrinbosari markaz xodimlariga xizmati yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududi boʻylab oʻrganish ishlari davom etmoqda.

Text to speech