VAZIRLIK RESPUBLIKADA BIRINChI
Ma'lumki, bugungi kunda mamlakatimizda
xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat
hayotidagi faolligini oshirish, gender
tengligini ta'minlashga qaratilgan ishlar muhim masalalardan biriga aylangan. Albatta, ushbu davlat siyosatini amaliyotga
joriy etishda ichki ishlar organlari munosib hissa qo‘shib kelmokda. Shu
hisobda aytadigan bo‘lsak, joylardagi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha
inspektor lavozimining joriy etilishi barobarida bu boradagi ko‘plab
masalalarga echim topilmoqda. Ta'kidlash joizki, Ichki ishlar organlari
gender tengligini ta'minlashda nafaqat aholi orasida balki, tizimning o‘zidagi
ishlar bilan ham namuna bo‘lmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
senati Kengashining 2022-yil 27-aprel kungi qaroriga binoan har yili
O‘zbekiston Respublikasidagi tashkilotlarda gender tenglikni ta'minlashga
qaratilgan siyosatni shakllantirish, turli tuzilmalar faoliyatiga gender
tenglikni singdirish, bu boradagi ilg'or tajribalarni aniqlash va
umumlashtirish maqsadida “Gender tenglik faoli” milliy tanlovi o‘tkazib
kelinadi. Tanlov Gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika
komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va
gender tenglik masalalari qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Oila va
xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tomonidan tashkillashtiradi. Unda vazirlik, idoralar, nodavlat notijorat
tashkilotlari, hokimliklar, tadbirkorlik sub’ektlari hamda ommaviy axborot
vositalari tomonidan gender tenglik ta'minlash sohasida amalga oshirilgan
ishlarga tegishli baho beriladi. Yaqinda Toshkent shahrida mazkur tanlovning
respublika bosqichi bo‘lib o‘tib, o‘tgan 2024 yil davomida Qoraqalpog'iston
Respublikasi IIV tizimida amalga oshirilgan ishlar munosib baholandi va
vazirlik “Gender tenglikni ta'minlashda eng faol xududiy davlat
organi”nominatsiyasi bo‘yicha faxrli 1-o‘ringa munosib deb topildi. Darhaqiqat, bu borada vazirlik tizimda
amalga oshirilgan ishlar e’tiborga savzovordir. Chunonchi, ayni kunda vazirlik
va uning quyi tizimlarida xizmat faoliyatlarini olib borayotgan xodimlar umumiy
sonining 3,1 foizini xotin-qizlar tashkil etadi. Ulardan 6 nafar xotin-qiz
turli darajadagi rahbarlik lavozimlarida, ya’ni 1 nafari xizmat boshlig'ining
o‘rinbosari, 1 nafari boshqarma boshlig'ining o‘rinbosari, 1 nafari bo‘lim
boshlig'i, 1 nafari voyaga etmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish
markazi boshlig'i va 2 nafar vazirlik huzuridagi maktabgacha ta'lim muassasasi
direktori lavozimlarda xizmat qilib kelmoqda. O‘tgan yilda IIV Malaka oshirish institutida 4 nafar
xotin-qizlar malakasini oshirib kelgan bo‘lsa, rahbarlik lavozimlariga zaxiraga
olinganlardan 3 nafarini ayollardir. Respublikamiz miqyosida o‘tkazilib
kelinayotgan ko‘rik tanlovlariga, sport musobaqalari, ilmiy-amaliy anjumanlar
va boshqa turdagi turli xil konkurslarga tavsiya etish jarayonida adolatlilik
mezonlariga qat’iy amal qilinishi natijasida hozirda 3 nafar sport ustasi va 3
nafar sport ustaligiga nomzod xotin-qizlar xizmat qilmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki
ishlar vazirligining bo‘yrug'i bilan o‘tgan yilda 6 nafar xotin-qizlar «Ichki
ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun»ko‘krak nishoni bilan, 2 nafari
“Esdalik qo‘l soati” bilan, 3 nafari “Faxriy yorliq” bilan 2 nafari pul mukofoti
bilan va 3 nafari “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 30
yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Shuni alohida ta'kidlash joizki,
Qoraqalpog'iston Respublikasi ichki ishlar vazirligining ichki ishlar
organlarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni
ta'minlash masalalari bo‘yicha maslaxat kengashi o‘z ishlarini davom ettirib
kelmoqda. Bundan tashqari, vazirlik va Kasaba
uyushmasi komiteti o‘rtasida jamoat shartnomasi tuzilgan bo‘lib, unda
xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy himoya qilinishi, ularni qo‘llab-quvvatlash va
mehnat faoliyatini tartibga solish bilan bir qatorda ayollar mehnatini tartibga
solish, ayollar va oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg'ul shaxslarga
beriladigan qo‘shimcha imtiyoz va kafolatlar bo‘yicha alohida bo‘lim
kiritilgan. Bu o‘z navbatida ichki ishlar organlarida gender tenglikka amal
qilish, xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi ta'minlashga xizmat
qilmoqda.
Altinay KIDIRBAEVA,
podpolkovnik.