20 Sentyabr 2023 yil 1623

Vazirlikning sohaviy bo‘linmalariga saf ko‘rigi o‘tkazildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jismoniy va jangovar tayyorgarlik bo‘limi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlar bilan saf ko‘rigi o‘tkazildi. Unda xodimlarning kiyim-bosh kiyish tartibi, xizmat guvohnomasi hamda safda yurish qoidalariga amal etishlari bo‘yicha amaliy mashqlar o‘tkazildi.  Shuningdek xodimlarning jangovar tayyorgarligini oshirish maqsadida xizmat davomida qurol aslahalardan foydalanish usullari bo‘yicha darsliklar o‘tkazildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

 

Text to speech