19 Iyun 2020 yil 1065

Qoraqalpog'iston Respublikasi ichki ishlar vazirligida «shaxsiy tarkib o'rtasida xizmat intizomini mustahkamlash hamda qonuniylikka rioya etilishini ta'minlash» mavzusida videoselektor yig'ilishi o'tkazildi.

Tadbirda, O'zbekiston Respublikasi  Ichki ishlar vazirligi mas'ullari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rahbariyati, xodimlar va ularning  ota-onalari ishtirok etishdi.
Yig'ilishda, so'zga chiqgan Qoraqalpog'iston Respublikasi ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov bugingi kunda  ichki ishlar organlariga davlatimiz miqiyosida qaratilayotgan e'tibor natijasida ichki ishlar organlari xodimlariga yaratilayotgan sharoitlar shuningdek o'zlarining halol mehnati natijasida davlat mukofotlari olgan xodimlar haqida va xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash bo'yicha qilinayotgan ishlar to'g'risida so'z yuritib yo'l qo'yilgan  kamchiliklar haqida aytib o'tdi.
Bundan tashqari, so'zga chiqqan O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi mas'ul xodimlari, xodimlar tomonidan tamagirlik, poraxo'rlik, xizmat vazifasini suiiste'mol qilish bilan bog'liq illatlarga yo'l qo'ymaslik, bunday holatlar yuz berganda qat'iy choralar haqida ogohlantirdi. Shu bilan birga, xizmatiga sodiq, halol mehnat qilayotgan xodimlarni qo'shimcha rag'batlantirib borish haqida ham aytib utishdi.
Shuningdek,  uchrashuv davomida ichki ishlar organlaridagi xizmati yaxshi natijalarga erishib kelayotgan xodimlarining ota-onalariga, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tashakkurnomalari tantanali ravishda topshirildi.
Yig'ilish davomida, xodimlarning ota-onalari o'zlarini qiziqtirgan savollari bilan vazirlik rahbariyatiga murojaat etib batafsil javoblar oldi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech