18 Iyun 2025 yil
289
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori va Ichki ishlar vaziri rahbarligida Prezidentimizning PQ-1 qarori ijrosini ta’minlash, mahallalarda huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish hamda respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan keng ko‘lamli "Qora dori-2025" tezkor tadbiri davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarga bag‘ishlab xodimlarga xizmat oldi yig‘ini o‘tkazildi.
Unda
profilaktika, patrul-post, yo‘l patrul xizmati inspektorlari hamda Milliy
gvardiya va favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘in xavfsizligi xodimlari
ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan mahallalarda huquqbuzarlik
va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim
bo‘lgan ishlarni kuchaytirish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi. Shuningdek,
tegishli mutasaddilar tomonidan "Qora dori-2025" tezkor tadbiri
davomida o‘tkaziladigan tezkor tadbirlarni samarali tashkil etish bo‘yicha
alohida topshiriqlar berildi.
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi IIV Axborot xizmati