8 Iyun 2025 yil
319
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi
Joriy yilning 8-iyun kuni
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi maʼmuriy binosida Ichki
ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekovning
navbatdagi fuqarolar hamda Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlar
uchun shaxsiy qabuli o‘tkazildi. Shaxsiy qabul davomida fuqarolar Ichki ishlar
organlariga taalluqli bo‘lgan masalalar yuzasidan hamda ichki ishlar organlarida xizmat o‘tayotgan
xodimlarning murojaatlari ko‘rib chiqildi. Ko‘pchilik murojaatlar joyida hal
qilinib, vaqt talab qilinadigan murojaatlarni qatʼiy nazoratga olindi.
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi IIV Axborot xizmati