28 Avgust 2021 yil 753

Bayram munosabati bilan xizmat vaqtida halok bo‘lgan xodimlarning oilalaridan xabar olindi.

Mustaqil mamlakatimizda bolalarning baxtli kelajagi uchun barcha sharoitlar yaratilib berilmoqda. Ayniqsa, xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan huquqni muhofaza qilish organi xodimlarining farzandlarini ijtimoiy muhofaza qilishga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirligi rahbariyati ularning hol ahvollaridan tez-tez xabar olib, har bir bayram sanalarida sovg‘alar ulashib kelmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik I.Axmedov va vazirning maslahatchisi iste’fodagi polkovnik O.Turdaqovlar mustaqilligimizning 30 yillik bayrami oldidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar organlarida xizmat vaqtida halok bo‘lgan xodimlarning oilalaridan xabar olib ularga vazirlik tomonidan tayyorlangan sovg‘alarni topshirishdi.
O‘z navbatida xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan xodimlarning oila a’zolari e’tibor va g‘amxo‘rliklar uchun vazirlik rahbariyatiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.


Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech