1 Mart 2022 yil 708

Xodimlar o'rtasida xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etilishini ta'minlash bo'yicha uchrashuvlar o'tkazildi.

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining ko'rsatmasiga asos Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV shahar tuman IIBlarida xodimlar o'rtasida xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etilishini ta'minlash bo'yicha uchrashuvlar bo'lib o'tdi.
Vazirlik O'zbekiston Respublikasi IIV ishchi guruhi mas'ul xodimlari Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash xizmati rahbariyati, va O'zbekiston Respublikasi IIV  Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'yicha boshqarmasi mas'ul xodimlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi ichki ishlar vazirining maslahatchisi hamda faxriylar kengashi raisi birgalikda vazirlikning sohaviy xizmatlar va shahar-tuman ichki ishlar organlarida xodimlari bilan uchrashuvlari o'tkazildi.
Uchrashuvlarda ochiq muloqot shaklida o'tkazilib, shaxsiy tarkibga mamlakatimizda so'ngi yillarda ichki ishlar organlarida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilayotganligi hamda ijobiy o'zgarishlar va yangilanishlar, tizimdagi islohotlar nafaqat tarkibiy va tashkiliy jihatdan, balki xodimlarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash masalalariga ham alohida e'tibor qaratilayotganligini ta'kidlandi, biroq, tizimda yaratilayotgan keng imkoniyatlarga qaramasdan, bildirilgan ishonchni oqlash o'rniga, ayrim xodimlar tomonidan tizim sha'niga putur yetkazuvchi hatti-harakatlar sodir etilayotganligi aytib o'tilib, kelgusida shaxsiy tarkib o'rtasida salbiy holatlar, shu bilan birga, xodimlar tomonidan tamagirlik va yo'l transport hodisalari sodir etilishining oldini olish, kasb madaniyatiga qat'iy rioya qilish lozimligi ta'kidlandi .
O'zbekiston Respublikasi IIV  Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'yicha boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan Respublika bo'yicha xodimlar tomonidan  tartib intizom va qonun buzish holatlari va buning oqibatlari aniq misollar bilan yetkazildi.
Uchrashuvlar davomida  O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tayyorlangan “Hiyonat” nomli videofilьm shaxsiy tarkib e'tiboriga namoyish etildi. Bundan tashqari, Respublikamiz hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, o'z xizmat vazifasiga vijdonan yondashib hamkasblariga namuna bo'layotgan bir guruh ichki ishlar organlari xodimlarining ota-onalariga, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tashakkurnomalari topshirildi.

 

Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.

Text to speech