Nukus shahrida Jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri boshchiligida huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga maxsus yo‘riqnoma o‘tkazildi..
Nukus shahrida huquqbuzarlik va
jinoyatlarning barvaqt oldini olish fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda
yuz berishi mumkin bo‘lgan har qanday ko‘ngilsiz hodisalarning barvaqt oldini
olish maqsadida Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya xodimlari bilan
birgalikda tungi kuchaytirilgan xizmatlar tashkil etildi. Jumladan, tungi
vaqtlarda ko‘ngilochar maskanlar, jamoat joylarida spirtli ichimliklar iste’mol
qilib jamoat tartibini buzuvchilar, turli xil qo‘rqinchli buyumlarni olib
yuruvchi shaxslar hamda vaqtincha ota-onasiz va ularning o‘rnini bosuvchi
shaxslarsiz yurgan voyaga yetmaganlarni aniqlab, ular bilan profilaktik
ishlarni olib borishdan iborat. Bu kabi tungi profilaktik reyd tadbirlari har
kuni respublikamiz bo‘ylab davom etadi.