2 Dekabr 2020 yil 958

Xodimlariga sport kiyimlari topshirildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrь kungi “Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 6099-sonli Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi, Yo'l harakati xavfsizligi va Patrulь-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmalari xodimlariga sport kiyimlari tarqatildi.
Davlat xizmatchisi, qolaversa  “Ichki ishlar organi xodimi” degan sharafli nomga munosib bo'lish, aholi o'rtasida shaxsiy namuna ko'rsatish maqsadida markaziy apparat xodimlariga namunaviy sport kiyimlari tarqatildi. Tadbirga, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.J.Temirxanov, vazir o'rinbosarlari, sohaviy xizmat rahbarlari ishtirok etdi.
Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligidan amaliy xizmat safari bilan kelgan mas'ul xodim podpolkovnik F.Usarov tadbirda ishtirok etib, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi va xodimlar bilan birgalikda badan tarbiya mashqlarini bajarishdi.
Prezident Farmoni ijrosi yuzasidan tashkiliy va sport tadbirlari davom etmoqda.
 
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi
 

Text to speech