8 Oktyabr 2024 yil 3748

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida "Respublikada Ichki ishlar xodimlari tomonidan sodir qilingan qonun buzilishi va salbiy holatlar" mavzusiga bag‘ishlangan tanqidiy ruhda yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

So‘nggi bir necha yilda jamiyatning barcha sohalari qatori ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini oshirish borasida ham muhim islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. Tizimda amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar natijasi xalq manfaatlariga xizmat qiladigan, ularning haq-huquqlari yo‘lida dasturul amal bo‘la oladigan tuzilmaga aylanmoqda, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Albatta bu yo‘nalishda Ichki ishlar organlari xodimlarining o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov boshqarmasi, vazirlikning ekspert-kriminalistika bo‘limi, Ichki ishlar vazirligining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi va ularning hududiy bo‘linmalari xodimlari o‘rtasida “Respublikada ichki ishlar xodimlari tomonidan sodir etilgan qonun buzilishi va salbiy holatlar” shaxsiy tarkib eʼtiboriga yetkazilib, kelgusida qonuniylikni taʼminlash, ijrochilik va xizmat intizomiga rioya qilishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. O‘tkazilgan mazkur yig‘ilishda, O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti masʼul xodimi podpolkovnik G‘.K.Nabiyev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik M.T. Raxmatullayev, IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasining bo‘lim boshlig‘i podpolkovnik S. S. Amanov ishtirok etib yig‘ilish ishtirokchilariga mavzu doirasida atroflicha maʼlumotlar berib o‘tildi. Yig‘ilish so‘ngida masʼullar tomonidan xodimlarga kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli topshiriq hamda ko‘rsatmalar berildi.

 

Text to speech