19 Avgust 2022 yil 647

Xodimlarning bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida uquv mashg‘uloti tashkil etildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2022 yil 20 iyuldagi 122-sonli Farmoyishiga asosan, joriy yilning 18-19 avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish institutining nukus filialida Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIVning Tashkiliy boshqarmasi, Kasbiy tayyorgarlik bo‘limi va Institutning nukus filiali hamkorligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi shahar-tuman ichki ishlar organlari tizimidagi tashkiliy bo‘linma, murojaatlar bilan ishlash guruhi hamda navbatchilik qism tezkor navbatchilari va yordamchilarining jangovar va jismoniy, axloqiy psixologik tayyorgarlik darajasi hamda kasbiy bilimlarini oshirish maqsadida o‘quv kursi tashkil etildi.
O‘quv kursida mashg‘ulotlar Vazirlikning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati, tashkiliy boshqarmasi, harbiy safarbarlik bo‘limi, tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi hamda moliya va moddiy-texnik taʼminoti bo‘limining ko‘p yillik boy amaliy tajribasiga ega xodimlari tomonidan o‘tkazildi.
O‘quv mashg‘ulotlarida amaldagi qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan so‘ngi besh davomida ichki ishlar organlari faoliyatiga taalluqli bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va unda qo‘yilgan asosiy talablar, Vazirlikning sohaviy xizmatlar faoliyatini tartibga soluvchi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, maxsus tadbirlarning turlari, uni o‘tkazishning huquqiy asoslari va tartibi atroflicha tushuntirildi. Shuningdek, o‘quv mashg‘ulotlari jarayonida ishtirok etgan xodimlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassis xodimlar tomonidan atroflicha javob berildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech