Xodimlarning maroqli dam olishlari tashkillashtirildi
Xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy bilim saviyasini yuksaltirish, yuqori kasbiy tayyorgarlikka ega, jismonan va ma’nan yetuk, bilimli, halol, vatanparvar, mard va jasur etib tarbiyalash, ularni o‘qitish orqali respublikamizda olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati tushuntirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi PQ–5050-son qarori bilan tasdiqlangan ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasida belgilangan vazifalar hamda O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2021 yil 30 iyundagi 223-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 16 oktabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari uchun navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi Qoraqalpoq Davlat akademik musiqali teatrida bo‘lib o‘tdi.
Teatr jamoasi tomonidan xodimlarga «Ínjıqtıń muxabbatı» spektakli namoyish etildi. Spektakl tomoshabinlarda ajoyib taassurot qoldira oldi. Spektaklda, bir-birovga mehr, insoniylik kabi buyuk tuyg‘ular aks ettirilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati