1 Sentyabr 2020 yil 724

Bayram munosabati bilan taqdirlangan xodimlarning ota-onalariga minnatdorchilik bildirildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat mustaqilligining yigirma to'qqiz yilligi munosabati tegishli farmoniga asosan taqdirlandi.
Shu munosabat bilan, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov va vazirlik rahbariyati «Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan mukofotlangan vazirlikning YHXB bo'linma boshlig'i podpolkovnik Masharipov Rashid Yusupbayevich va vazirlikning YHXB yo'l-patrulь inspektori kichik serjant Yerejepov Marat Izbasarovichlarning xonadonlarida bo'lib ularning ota-onalarini farzandlarining erishgan yutuqlari bilan tabrikladi va ularga  sovg'alar ulashishdi.
Shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV rahbariyati Sho'manay tumani ichki ishlar bo'limida bo'lib, bu yerda uzoq yillar xizmat qilgan profilaktika  katta inspektori Aytmuratov Maxmudga podpolkovnik unvonini tantanali ravishda topshirishdi.
Tadbirda vazirlik rahbariyati so'zga chiqib xodimlarning kelgusi xizmat faoliyatida zafarlar tiladi.


Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech