2 Aprel 2021 yil 868

Xo‘jayli tumanida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 1 aprel kuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xo‘jayli tumanidagi Xalq qabulxonasi bo‘limi binosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik M.T.Raxmatullayev, Xo‘jayli tumani Xalq qabulxonasi bo‘limi boshlig‘i K.K.Jamalov, Xo‘jayli tumani IIB boshlig‘i podpolkovnik Q.A.Ismailov hamda tegishli tashkilotlar masʼul rahbarlari ishtirokida, Xo‘jayli tumani aholisi o‘rtasida sayyor qabul o‘tkazdi. 
Sayyor qabul davomida, vazir o‘rinbosari M.T.Raxmatullayev tomonidan fuqarolarning turli masalalaridagi murojaatlari qabul qilindi.
Jumladan, fuqarolarning ishga joylashish, yo‘l-transport hodisasi natijasida yetkazilgan moddiy zararning qoplanishida hamda tuman hokimiyatidan moddiy yordam olishda amaliy yordam berish kabi masalalari ko‘rib chiqildi.
Shundan so‘ng, vazir o‘rinbosari M.T.Raxmatullayev tumandagi fuqarolardan ko‘p murojaat kelib tushgan hamda eng ko‘p jinoyat qayd etilgan “Madaniyat” mahalla fuqarolar yig‘iniga  borib, mahalla raisi va faollari bilan uchrashib, u yerda jinoyatlarning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar o‘rganilib, tegishli chora-tadbirlar belgilandi. hamda maʼmuriy hudud profilaktika inspektori faoliyati bilan tanishib, tegishli masʼullarga huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi tergov boshqarmasi

Text to speech