Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri boshchiligida Qorao‘zak tumani hududida jinoyatchilikning erta oldini olish, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi
Qorao‘zak
tumani hududida 8 oy davomida yuz bergan jinoyatchilikning holati hamda mahalla
yettiligi tomonidan bu boradagi ishlarning samaradorlikni oshirish hamda
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining PQ-1-son qarori yuzasidan Qorao‘zak
tumani hokimligida majlis o‘tkazildi. Yig‘ilishni Qorao‘zak tumani hokimi Anvar Baymuratov
ochib berdi. Shundan so‘ng Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri
polkovnik Baxtiyar Torebekov so‘zga chiqib, tuman hududida jinoyatchilikni
jilovlash yuz berishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarlik va jinoyatlarni erta oldini
olish shuningdek ijtimoiy profilaktikani kuchaytirish bo‘yicha mahalla
yettiligiga vazifalar belgilab berildi. Yig‘ilish yakunida bu borada
amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar va yo‘l qo‘yilgan
kamchiliklarni bartaraf qilish hamda ijrosini taʼminlash yuzasidan
mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi IIV Axborot xizmati