3 Oktyabr 2025 yil 623

Bo‘zatov tumani "Qusxanatov" QFY hududida yashovchi ayol-qizlar o‘rtasida psixologik trening o‘tkazildi.

Bo‘zatov tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan profilaktika kuni doirasida "Qusxanatov" QFY hududida joylashgan 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida hududda yashovchi ayol-qizlar orasida psixologik trening o‘tkazildi. O‘tkazilgan tadbirda Bo‘zatov tumani IIB boshlig‘i polkovnik U.Qurbonboyeva, tuman hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i A.Xo‘jageldiyeva, psixolog xodimlar, shuningdek, hududda yashovchi xotin-qizlar ishtirok etdi. Trening davomida xotin-qizlarga turmushning mashaqqatli tashvishlarini yengishda kuch-g‘ayrat beruvchi psixologik mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Ayol-qizlar psixologik treningdan katta taassurotlar oldi. Tadbir davomida faol xotin-qizlar tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirildi.

Text to speech